Juma, 20.10.2017, 11:48
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar sayti
Yangiliklar
O'zbekiston xabarlari
Yurtimizda ro'y berayotgan voqealar tafsiloti
Xorij xabarlari
dunyoda sodir bo'layotgan voqealar...
Sport
Yurtimiz va xorij sporti xabarlari...
KIRISH
Taqvim
«  May 2008  »
DuSeChorPayJuShanYak
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Qidiruv
Друзья сайта

 

Asosiy » 2008 » May » 21 » “Lukoyl O‘zbekiston opereyting” operatsiya kompaniyasi dastlabki milliard kub metr gazni qazib oldi
“Lukoyl O‘zbekiston opereyting” operatsiya kompaniyasi dastlabki milliard kub metr gazni qazib oldi
08:07

“Lukoyl O‘zbekiston opereyting” operatsiya kompaniyasi Xovuzak konidan dastlabki bir milliard kub metr gazni qazib oldi.

Rejalashtirilgan 23 gaz qazib oluvchi quduqning 15 tasini bosqichma-bosqich ishga tushirish qazib olish hajmini oshirish imkonini berdi. Yaqinda 16-quduq foydalanishga topshirildi, yana uchta quduqda burg‘ilash ishlari davom etmoqda.

“Lukoyl O‘zbekiston opereyting” operatsiya kompaniyasining gazni qazib olish va qayta ishlash bo‘limi rahbari Valeriy Droninning ta’kidlashicha, yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega soha mutaxassislari faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilgani Xovuzakdagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim o‘rin tutmoqda. 2007 yilning noyabrida ushbu gaz qazib oluvchi majmua ishga tushirilgach, o‘rtacha gaz qazib olish hajmi 4 barobar oshdi va qariyb 200 million kub metrga yetdi. Konning loyiha quvvati yiliga 3 milliard kub metrni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichga joriy yildayoq erishish mo‘ljallanmoqda.

Xovuzakka yaqin Shodi uchastkasida esa dastlabki baholash qudug‘i o‘rnatildi. “Lukoyl O‘zbekiston opereyting”operatsiya kompaniyasi burg‘ilash ishlari buyurtmachisi, Chexiyaning Eriell servis kompaniyasi esa pudratchi hisoblanadi. Chexiya kompaniyasi Xovuzak-Shodi konida jami uchta quduqni burg‘ilamoqda.

So‘nggi yillarda Rossiyaning yirik “Lukoyl” kompaniyasi O‘zbekiston bozorida faol ish olib borayotir. Toshkentda Mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitim shartlari asosida Qandim-Xovuzak-Shodi-Qo‘ng‘irot megaloyihasini boshqarish bo‘yicha “Lukoyl O‘zbekiston opereyting” operatsiya kompaniyasi tashkil etildi. Investitsiyalar miqdori ikki milliard AQSH dollaridan ortadi. Loyihani “Lukoyl oversiz O‘zbekiston LTD” sho‘ba kompaniyasi va “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi tarkibidagi investorlar konsorsiumi amalga oshirmoqda.
 
UzA
Категория: O'zbekiston xabarlari | Просмотров: 941 | Добавил: Erpolat | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ A'zo bo'lish | Kirish ]
Sayt bo'limlari
So'rovnoma

Siz referatlarni ...

Barcha ovozlar: 115
Statistika

Onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Erpolat Utepbergenov © 2017 |