Juma, 24.11.2017, 21:26
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar sayti
Yangiliklar
O'zbekiston xabarlari
Yurtimizda ro'y berayotgan voqealar tafsiloti
Xorij xabarlari
dunyoda sodir bo'layotgan voqealar...
Sport
Yurtimiz va xorij sporti xabarlari...
KIRISH
Taqvim
«  May 2008  »
DuSeChorPayJuShanYak
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Qidiruv
Друзья сайта

 

Asosiy » 2008 » May » 22 » “BankExpo2008” birinchi milliy ko‘rgazmasi yakunlandi
“BankExpo2008” birinchi milliy ko‘rgazmasi yakunlandi
17:56

 Poytaxtimizda “BankExpo2008” – bank tizimi texnologiyalari, uskuna va xizmatlari birinchi milliy ko‘rgazmasi yakunlandi.

Mamlakatimizda bank tizimi tubdan isloh qilindi va tobora liberallashtirilmoqda. Hozirgi kunda yurtimizda o‘ttizga yaqin bank faoliyat yuritmoqda. Tijorat banklarining sakkiz mingdan ortiq filiali va bo‘limlari mijozlar xizmatida. Aytish joizki, qo‘shni davlatlardagi bank muassasalarining har biriga 20 ming kishi to‘g‘ri kelsa, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 5 ming kishi bo‘lib, rivojlangan mamlakatlardagi shunday ko‘rsatkichga deyarli teng.

Prezidentimiz Islom Karimovning shu yil 20 fevralda qabul qilingan “Tijorat banklarida aholi omonatlari shartlarini liberallashtirish hamda kafolatlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash jarayonida aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash choralari kuchaytirildi. Omonatlarni saqlash, bank siri, mijozlarning birinchi talabidayoq hisobvaraqlaridan mablag‘lar hech qanday to‘siqsiz berilishi tizimi kafolatlangan.

So‘nggi yillarda tijorat banklari tomonidan bozor foiz stavkalari bilan ikki yuzdan ortiq jozibali depozit turlari tatbiq etildi, plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimi rivojlanib bormoqda. Natijada keyingi yillarda aholining banklardagi mablag‘i 55 barobar o‘sdi. Bu esa aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, sohada aholiga zarur qulayliklar yaratilmoqda.

Mamlakatimiz moliya, aniqrog‘i, bank bozoriga kirib kelgan “Infokiosk” apparati orqali endilikda aholi elektr, internet, telefon, kommunal singari xizmatlar uchun haq to‘lash imkoniga ega bo‘ldi. Misol uchun, mijoz elektr haqini to‘lamoqchi bo‘lsa, to‘lov kartochkasi raqamini apparatga o‘rnatilgan sonlar orqali teradi. Shunda uning manzili, qancha elektr energiyasi iste’mol qilgani, qarzi va shu bilan birga, ayni paytda energiya tarifiga oid ma’lumotlar ekranda paydo bo‘ladi. Mijoz shunda qancha pul to‘lashiga oid ma’lumotni kiritadi va o‘z plastik kartochkasini apparatning maxsus qismiga joylaydi. Shu onda apparatdan to‘lov to‘langani haqida chek chiqadi.

Mazkur “Infokiosk” apparati “BankExpo2008”da namoyish etildi. Mamlakatimizning yirik banklaridan biri bo‘lgan – “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan taqdim etilgan ushbu uskuna ko‘rgazmaga tashrif buyurganlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Boisi, u aholi gavjum bo‘ladigan bozor, metro, shohbekat kabi joylarga o‘rnatiladi va, tabiiyki, to‘lov to‘lash masalasida ortiqcha bosh qotirishga hojat qolmaydi.

O‘zbekiston banklar va Axborot texnologiyalari uyushmalari hamkorligida tashkil etilgan mazkur ko‘rgazmada uch kun davomida ana shunday yangi uskunalardan tashqari banklarda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bo‘yicha ham to‘liq ma’lumotlar berildi. Zero, Davlatimiz rahbarining nomi qayd etilgan farmoni e’lon qilinganidan so‘ng banklarning aholiga xizmat ko‘rsatish darajasi yanada yaxshilandi va o‘z navbatida aholining bank xizmatlari, xususan, omonatlarga bo‘lgan qiziqishi keskin o‘sdi. Bunday tadbirlar esa aholi hamda tashkilotlarning sohaga oid axborotlardan ko‘proq xabardor bo‘lish va ulardan amalda kengroq foydalanishi uchun keng yo‘l ochadi. Shu ma’noda, “BankExpo2008” ko‘rgazmasini bank va mijozning ochiq muloqoti, deyish mumkin. Boisi, yurtimizdagi barcha banklar unda o‘z imkoniyatlarini namoyish qildi. Shuningdek, ko‘rgazmadan boshqa moliya muassasalari, sug‘urta kompaniyalari, bank tizimi texnologiyalari, xavfsizlik vositalari ham o‘rin olgan.

– Hozirda yurtimizda 28 kredit uyushmasi, 11 mikrokredit tashkiloti, 21 lombard va ko‘plab bank shoxobchalari faoliyat yuritmoqda, – deydi “Norma hamkor” mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan tashkil etilgan “Bank.Uz” sayti rahbari Sherzod Karimov. – O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari va mahsulotlari veb-resursini tashkil etuvchi ushbu sayt orqali bularning barchasi haqida to‘liq ma’lumotlar olish, ulardagi kundalik yangiliklardan xabardor bo‘lish imkoniyati mavjud. Mazkur sayt Davlatimiz rahbarining shu yil fevral oyida qabul qilingan “Tijorat banklarida aholi omonatlari shartlarini liberallashtirish hamda kafolatlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilinganidan so‘ng tashkil etilgan edi. O‘tgan qisqa vaqt mobaynida saytga minglab odamlarning murojaat qilgani sohaga bo‘lgan qiziqish tobora o‘sayotganini ko‘rsatib turibdi.

Xizmatlar bozori – moliya sohasining tobora rivojlanayotgan, keng qamrovli va foydali tizimi. Ko‘rgazmada mijozlar bu borada erishilayotgan muvaffaqiyatlar, aniqrog‘i – “Western union”, “Contact”, “Migom” kabi banklarning pul o‘tkazmalari tarmog‘i va ulardagi qulayliklar bilan ham yaqindan tanishdi.
 
UzA
Категория: O'zbekiston xabarlari | Просмотров: 1065 | Добавил: Erpolat | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ A'zo bo'lish | Kirish ]
Sayt bo'limlari
So'rovnoma

Qayerda ishlashni xohlar edingiz?

Barcha ovozlar: 80
Statistika

Onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Erpolat Utepbergenov © 2017 |