Juma, 24.11.2017, 21:19
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar sayti
Yangiliklar
O'zbekiston xabarlari
Yurtimizda ro'y berayotgan voqealar tafsiloti
Xorij xabarlari
dunyoda sodir bo'layotgan voqealar...
Sport
Yurtimiz va xorij sporti xabarlari...
KIRISH
Taqvim
«  May 2008  »
DuSeChorPayJuShanYak
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Qidiruv
Друзья сайта

 

Asosiy » 2008 » May » 23 » Xotin-qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha milliy chempionatning birinchi turi
Xotin-qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha milliy chempionatning birinchi turi
07:50

Toshkent viloyatida xotin-qizlar o‘rtasida davom etayotgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston XII milliy chempionatining birinchi tur bellashuvlari yakunlandi. Sakkiz jamoa uchtadan uchrashuv o‘tkazdi.

Andijonning “Andijanka” jamoasi vakillari “Sherdor”ni (Samarqand) 11:0, “Sevinch-2”ni (Qarshi) 5:0, “Gulbahor”ni (Namangan) 14:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, to‘plar nisbati bo‘yicha, musobaqa jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Mamlakatimizning amaldagi chempioni – “Sevinch” (Qarshi) futbolchi qizlari esa “Sherdor”ni 16:0, “Stroitel”ni (Zarafshon) 1:0 hisobida yengdi.

Buxoro viloyati sharafini himoya qilayotgan “Yoshlik” jamoasi ham bu yildan e’tiboran sovrinli o‘rinlar uchun kurashadiganlar qatoriga qo‘shildi. Buxoroliklar birinchi tur uchrashuvlarida “Sevinch-2”dan 2:1, “Gulbahor”dan 3:0, “TerDU-Surxon”dan 2:1 hisobida ustun keldi.

Qolgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi: “Stroitel” – “Gulbahor” 9:0, “Sevinch-2” (Qarshi) – “Sherdor” (Samarqand) 2:0, “TerDU-Surxon” – “Stroitel” 1:5.

To‘purarlar bahsida raqiblar darvozasini o‘n ikki marotaba ishg‘ol qilgan “Andijanka” hujumchisi Nargiza Abdurasulova yetakchilik qilmoqda.

Chempionatning ikkinchi tur uchrashuvlari 24–26 iyun kunlari Toshkent viloyatida o‘tkaziladi.
 
UzA
Категория: Sport | Просмотров: 1200 | Добавил: Erpolat | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ A'zo bo'lish | Kirish ]
Sayt bo'limlari
So'rovnoma

Xorij yangiliklari va xabarlarini...

Barcha ovozlar: 27
Statistika

Onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Erpolat Utepbergenov © 2017 |