Taqvim | « Aprel 2024 » | Du | Se | Chor | Pay | Ju | Shan | Yak | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 |
|
|
| | |
| Asosiy » Yangiliklar arxivi
Тошкент шаҳрининг 2200 йиллигини нишонлашга тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Президентининг Қарорига асосан “ЭКОСАН” халқаро ташкилоти пойтахтдаги кенг кўламли бунёдкорлик, таъмирлаш ва ободонлаштириш ишларини қўллаб-қувватлаш мақсадида “Менинг уйим-менинг шаҳрим” танловини эълон қилди. Мазкур танловнинг амалиёти ободонлаштириш, уй-жой мулкдорлари ширкатлари уюшмаси, махсустранс соҳа ишчи-хизматчиларининг меҳнат унумдорлигини ошириш ва рағбатлантириш, шаҳримизнинг асосини ташкил қилувчи кўп қаватли уйларнинг санитар-гигиеник ҳолатини яхшилаш, ободонлаштириш, кўкаламзорлаштириш ва таъмирлаш-тиклаш ишларида кенг жамоатчиликнинг, айниқса ёшларнинг иштирокини фаоллаштиришга хизмат қилади.
|
Nukusda Respublika “Barkamol avlod-2008” sport o‘yinlari ochildi. Musobaqalarning asosiy qismi o‘tkaziladigan “Turon” sport majmui xalqaro standartlarga muvofiq to‘liq rekonstruksiya qilindi. Bundan tashqari, Nukus va Xo‘jaylida tayyor holga keltirilgan yana 13 yirik sport inshooti musobaqa ishtirokchilarini kutmoqda. Musobaqaning dastlabki bosqichlarida eng kuchli, chaqqon va epchil 3000 nafardan ortiq yosh sportchi aniqlandi. Endi ular “Barkamol avlod-2008” o‘yinlari finalida medallar uchun kechadigan bahslarda o‘z mahoratini namoyish etadi.
|
Jindo - bu kichkinagina orolcha bo’lib, Koreya yarim orolining janubiy g’arbida joylashgan.
Oroldagi hayot sokin va hechqanday ayriqcha xususiyati bilan farq qilmaydi, lekin odamlar to’dasi bugunda Koreyadagi “Muso mo’jizasi” deya nomlanayotgan g’aroyib bir holat guvohi bo’lish uchun bu yerda yig’ilishganida hammasi o’zgaradi. Okean to’g’ri ma’noda ikkiga bo’linadi, oqibatda dengiz sathidan pastda joylashgan bo’lishiga qaramastan Jindo oroligacha uzunligi 2,8 km, eni 4 metrni tashkil qiluvchi qumli yo’l hosil bo’ladi.
|
Navro‘z umumxalq bayrami arafasida yangi tashkil topgan “General Motors Uzbekistan” qo‘shma korxonasi “O‘zekspomarkaz”da keng jamoatchilik e’tiboriga “Nexia” ning yangi modelini havola etdi. Bu mashinaning birinchi modeli O‘zbekistonda o‘n ikki yil davomida ishlab chiqarilgan. Hozir esa “Nexia” ning takomillashtirilgan yangi modeli shohsupadan o‘rin oldi.
|
Amerikalik harbiylar payshanba kuni Iroqda "Al-qoida"ga qarshi operatsiya olib borishi oqibatda 19 nafar terrorchi va 15 nafar tinch aholi o'ldirilgan. Ular orasida 9 nafar bola va olti nafar ayol bo'lganligi aytib o'tilmoqda. Bu haqida Iroqdagi AQSHning rasmiy harrbiylari xabar bergan. Shuningdek, operatsiyani amalga oshirish jarayonida terrorizmda gumon qilinib bir nafar ayol va uch nafar yosh bolaga jarohat yetkazilgan. Bir nafar terrorchi hibsga olingan. Voqea Bog'doddan 200 kilometr shimolda joylashgan Tartar tumanida bo'lib o'tgan.
|
Amerikalik harbiylar payshanba kuni Iroqda "Al-qoida"ga qarshi operatsiya olib borishi oqibatda 19 nafar terrorchi va 15 nafar tinch aholi o'ldirilgan. Ular orasida 9 nafar bola va olti nafar ayol bo'lganligi aytib o'tilmoqda. Bu haqida Iroqdagi AQSHning rasmiy harrbiylari xabar bergan. Shuningdek, operatsiyani amalga oshirish jarayonida terrorizmda gumon qilinib bir nafar ayol va uch nafar yosh bolaga jarohat yetkazilgan. Bir nafar terrorchi hibsga olingan. Voqea Bog'doddan 200 kilometr shimolda joylashgan Tartar tumanida bo'lib o'tgan.
|
Rossiya davlatining Shumoliy Muz Okeanida anchadan beri o’tkazayotgan tadqiqotlari besamar emasligini isbotladi. Shimoliy Muz Okeanining chuqur qatlamlarida uglevodlarga nihoyatda boy hudud borligi ma'lum bo’ldi. Uning xisoblab chiqilgan taxminiy zaxirasi Birlashgan Arab Amirligi davlati tarkibidagi uglevodlar zaxirasi bilan tenglashtirilmoqda. "Arktika 2007" tadqiqotlari ishtirokchisi Yuriy Fortovning xulosalariga ko’ra aniqlangan hudud Rossiya uchun juda katta imkoniyatlar eshigini ochib berishi mumkin.
|
Bundan buyon insonlar uchragan har bir pashshadan shubhalanadigan bo’lishadi. Sababi Garvard universiteti laborotoriyasida 7 yillik izlanishlardan so’ng pashsha ko’rinishidagi robort sinovdan o’tkazildi. 60 milligramm og’irlikdagi bu pashsha robortning qanotlari 30 sm. U uchganda hosil bo’ladigan trayektoriyalar bo’yicha haqiqiy pashshadan aslo farq qilmaydi. Olimlarning aytishiga qaraganda, kashfiyot harbiy maqsadlarda, josuslik ishlarida va yana ekologik tadqiqotlarda ancha qo’l keladi.
|
Daniyalik taniqli professor Vander Hoven ancha yillardan beri muqaddas kitobimiz bo’lgan Qur'onning tibbiy sirlarini o’rganib kelmoqda. Olimning 3 yillik izlanishlari shuni ko’rsatdiki, Qur'oni Karimni mutolaa qilish insonning jismoniy va ruhiy holatini yaxshilaydi, qon bosimini meyoriy holga keltiradi, nafas olish tizimi va yurak faoliyatini normallashtiradi. Vander Hoven garchi musulmon bo’lmasa ham Qur'on o’qishni va undagi oyatlardan ko’proq yodlashni maslahat beradi. (
1713 marta o'qilgan | Sana: 29.08.2007 | Reyting: 4.7/3 | Mulohaza (0) | | |
| | |
|