Shanba, 04.05.2024, 00:06
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar sayti
Yangiliklar
O'zbekiston xabarlari
Yurtimizda ro'y berayotgan voqealar tafsiloti
Xorij xabarlari
dunyoda sodir bo'layotgan voqealar...
Sport
Yurtimiz va xorij sporti xabarlari...
KIRISH
Taqvim
«  May 2024  »
DuSeChorPayJuShanYak
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Qidiruv
Друзья сайта

 

Asosiy » O'zbekiston xabarlari
« 1 2 3 4 »
Mamlakatimizga tashrif buyurgan Singapur Respublikasi parlamenti Spikeri Abdulla Tarmug‘iy rahbarligidagi delegatsiya 6 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri D.Toshmuhamedova bilan uchrashdi.
O'zbekiston xabarlari | 1479 marta o'qilgan | Sana: 07.04.2009 | Reyting: 0.0/0 | Mulohaza (0)

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy institutida 2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi asosida malaka oshirish sifati va samaradorligini yuksaltirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
O'zbekiston xabarlari | 1775 marta o'qilgan | Sana: 26.05.2008 | Reyting: 0.0/0 | Mulohaza (0)

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Toshkent shahar hokimligi jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, haqli ravishda “Sharq darvozasi” deb nom olgan, xalqimizning g‘urur-iftixori bo‘lmish azim poytaxtimiz Toshkent shahrining 2200 yillik yubiley ramzi (emblemasi)ning eng yaxshi loyihasi uchun ochiq tanlov e’lon qildi.
O'zbekiston xabarlari | 2235 marta o'qilgan | Sana: 26.05.2008 | Reyting: 0.0/0 | Mulohaza (1)

  23 may kuni deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritilgan masalalarning muhokamasini davom ettirdilar. Majlisni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spikeri D.Toshmuhamedova olib bordi. O‘zbekiston Respublikasining 2007 yilgi Davlat budjeti va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2008 yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot bilan Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – moliya vaziri R.Azimov so‘zga chiqdi.
O'zbekiston xabarlari | 2107 marta o'qilgan | Sana: 24.05.2008 | Reyting: 0.0/0 | Mulohaza (0)

Xalqimizga xos mehr-oqibat, mehr-muhabbat, mehr-shafqat, qadr-qimmat degan, bir-birini chuqur ma’no-mazmun bilan boyitadigan iboralar borki, bu fazilatlar asrlar mobaynida el-yurtimizning dunyoqarashi, ma’naviy hayotining negizi sifatida vujudga kelgan, ongu shuurimizdan chuqur joy olgan buyuk qadriyatlarning amaliy ifodasidir.
Birgina mehr-oqibat tushunchasining o’ziyoq insonning inson bilan, oilaning oila bilan, qo’shnining qo’shni bilan ahil-inoq bo’lib, tinch-totuv yashashi, bir-biriga sidqidildan, beg’araz yordam berishi kabi yuksak ma’naviy qadriyatlarni anglatadi. “Qo’shning tinch – sen tinch”, “Do’st kulfatda sinalar” kabi naqllar aslida ham ana shu insoniy xususiyatlar xalqimizning ma’naviy olamiga chuqur singib ketganidan dalolatdir.
O'zbekiston xabarlari | 1793 marta o'qilgan | Sana: 23.05.2008 | Reyting: 0.0/0 | Mulohaza (0)

Poytaxtimizda “BankExpo2008” – bank tizimi texnologiyalari, uskuna va xizmatlari birinchi milliy ko‘rgazmasi yakunlandi.
Mamlakatimizda bank tizimi tubdan isloh qilindi va tobora liberallashtirilmoqda. Hozirgi kunda yurtimizda o‘ttizga yaqin bank faoliyat yuritmoqda. Tijorat banklarining sakkiz mingdan ortiq filiali va bo‘limlari mijozlar xizmatida. Aytish joizki, qo‘shni davlatlardagi bank muassasalarining har biriga 20 ming kishi to‘g‘ri kelsa, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 5 ming kishi bo‘lib, rivojlangan mamlakatlardagi shunday ko‘rsatkichga deyarli teng.
O'zbekiston xabarlari | 1758 marta o'qilgan | Sana: 22.05.2008 | Reyting: 0.0/0 | Mulohaza (0)

Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti va Toshkent shahar xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida tashkil etildi.
“Yoshlar yili” Davlat dasturi doirasida tashkil etilgan mazkur anjumanda olimlar, o‘qituvchilar, xotin-qizlar qo‘mitalari faollari, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.
O'zbekiston xabarlari | 1684 marta o'qilgan | Sana: 21.05.2008 | Reyting: 0.0/0 | Mulohaza (0)

Rejalashtirilgan 23 gaz qazib oluvchi quduqning 15 tasini bosqichma-bosqich ishga tushirish qazib olish hajmini oshirish imkonini berdi. Yaqinda 16-quduq foydalanishga topshirildi, yana uchta quduqda burg‘ilash ishlari davom etmoqda.
“Lukoyl O‘zbekiston opereyting” operatsiya kompaniyasining gazni qazib olish va qayta ishlash bo‘limi rahbari Valeriy Droninning ta’kidlashicha, yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega soha mutaxassislari faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilgani Xovuzakdagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim o‘rin tutmoqda. 2007 yilning noyabrida ushbu gaz qazib oluvchi majmua ishga tushirilgach, o‘rtacha gaz qazib olish hajmi 4 barobar oshdi va qariyb 200 million kub metrga yetdi. Konning loyiha quvvati yiliga 3 milliard kub metrni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichga joriy yildayoq erishish mo‘ljallanmoqda.
O'zbekiston xabarlari | 1624 marta o'qilgan | Sana: 21.05.2008 | Reyting: 0.0/0 | Mulohaza (0)

19- may kuni Toshkent shahrida talabalar olimpiadasining respublika bosqichi boshlandi. Olimpiadaning xorijiy tillar yo’nalishi O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida o’tkaziladi. Uch xorijiy til - ingliz, nemis, fransuz tilari bo’yicha Respublika Olimpiadasi o’tkazilishi munosabat bilan Universitetning 1-ingliz filologiyasi fakultetining majlislar zalida ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda fakultet ma’muriyati va hakamlar hay’ati a’zolari so’zga chiqib, o’tkazilajak Olimpiada dasturlari bilan tanishtirdilar. Hakamlar hay’ati a’zolarini xorijdan vakillar- Angliya, Fransiya, Germaniyadan mehmonlar ham tashkil etadi.

O'zbekiston xabarlari | 2368 marta o'qilgan | Sana: 20.05.2008 | Reyting: 0.0/0 | Mulohaza (0)

 O‘rta maxsus, kasb-hunar bilim yurtlari o‘quvchilari o‘rtasida “Barkamol avlod-2008” sport o‘yinlari davom etayotgan ayni kunlarda Qoraqalpog‘istonning shahar va tumanlarida adabiyot va san’at namoyandalari bilan uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Mazkur nufuzli sport bayrami munosabati bilan Orolbo‘yiga kelgan O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari Chimboy va Kegeyli tumanlari hamda Taxiatosh shahrida san’at ixlosmandlari bilan uchrashdilar.
O'zbekiston xabarlari | 1776 marta o'qilgan | Sana: 20.05.2008 | Reyting: 0.0/0 | Mulohaza (0)

Sayt bo'limlari
So'rovnoma

Jurnalist bo'lish uchun jurnalistika fakultetida o'ish shartmi?

Barcha ovozlar: 56
Statistika

Onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Erpolat Utepbergenov © 2024 |