TAQVIM |
« Aprel 2024 » | Du | Se | Chor | Pay | Ju | Shan | Yak | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 |
|
SMAYLIK :) |
Graf xizmatkor ayolni chaqirib dedi: - Ertaga qaynonam keladi. Mana senga uning suyukli ovqati yozilgan ro'yxat. - Xo'p bo'ladi, janob! - Bilib qo'y, agar shulardan birontasini tayyorlasang, shu zahoti ishdan ketasan. | |
|
|
|
|
|
Davlatimiz rahbari Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan “Nihol” mukofoti respublika ko‘rik-tanlovi iqtidorli yoshlarni aniqlab, har tomonlama rag‘batlantirishda muhim o‘rin tutmoqda. Surxondaryo viloyatida an’anaviy tanlovga yoshlarning qiziqishi yildan-yilga ortib bormoqda.
Ayni paytda tanlovning shahar va tuman bosqichlari yakunlandi. Unda yoshlar estrada, raqs, musiqa, mumtoz qo‘shiq va opera ijrochiligi bo‘yicha mahoratini namoyish etdi.
|
Muzeylar har bir xalq tarixi, madaniyati, turmush tarzi, milliy an’ana va qadriyatlarini o’rganish, ularni targ’ib etish va kelgusi avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ta’kidlanganidek, har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o’ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko’hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo’lib xizmat qiladi.
|
Dunyoning turli mintaqalarida AN1N1 grippi tarqalgani bois O‘zbekistonda hududimizga yangi infeksiyaning turli yo‘llar, jumladan, mamlakatimiz “havo darvozasi” orqali kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha choralar ko‘rilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bo‘yicha bosh shifokori Mirsaid Alimov O‘zA muxbiriga bu borada amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘zlab berdi.
|
O‘zbekiston dunyoning ko‘plab mamlakatlari bilan hamkorlik qiladi. Lekin mamlakatimizning xalqaro munosabatlarida Koreya Respublikasi alohida o‘rin tutadi. Xalqlarimizni qadimda savdo aloqalari va madaniy almashuv yaqinlashtirgan bo‘lsa, bugun siyosiy va iqtisodiy manfaatlar mushtarakligi, davlat rahbarlarining hamfikrlik va hamjihatligi mamlakatlarimizni yaqin do‘st va ishonchli sheriklarga aylantirdi.
|
Mamlakatimizga tashrif buyurgan Jahon suv kengashi prezidenti Luis Fashon rahbarligidagi delegatsiya 7 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida muzokara o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekistonda Prezident Islom Karimov rahnamoligida boshqa jabhalar singari qishloq va suv xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yuksak samaralar berayotgani, bu xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro aloqalarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida ta’kidlandi.
|
O'zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko`ra, mamlakatda cho`chqa grippi qayd etilmagan. Kasallikning oldini olish uchun maxsus chora-tadbirlar ko’rilmoqda.
|
Meksikada cho'chqa grippidan 103 kishi o'lgan. 1600 odam kasallik bilan olishmoqda. Shimoliy Amerika cho’chqa grippi tarqalishiga qarshi keskin choralar ko’ra boshlagan.
|
“O‘zekspomarkaz”da II Respublika innovatsiya g‘oyalari, texnologiyalari va loyihalari yarmarkasi davom etmoqda. Tadbirda qator vazirlik va idoralar, bank-moliya muassasalari, korxonalar, fermer xo‘jaliklari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
|
Toshkentdagi Abulqosim madrasasida 29 aprel kuni “O‘zbekiston xalq amaliy san’ati – dunyo nigohida” savdo-ko‘rgazmasi ochildi.
|
Poytaxtimizda 20 aprel kuni Koreya Respublikasi kinofestivali boshlandi. Koreya madaniyati festivali doirasida o‘tkazilayotgan mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi, Koreya Respublikasining Madaniyat, sport va sayyohlik vazirligi hamda ushbu davlatning yurtimizdagi elchixonasi hamkorligida tashkil etildi.
|
|
|
|
|
| |